Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Hududlardan xabarlar

By Muxtasar_Qodirova - 23-Iyun, 2026-yil 18:10 1,126 Koʻrishlar 0 Izoh



“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” − do‘stlik va hamjihatlikni ulug‘lagan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida mamlakatimizda qaror topgan millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida musiqiy tadbir o‘tkazildi.

Unda turli millat vakillari faol ishtirok etib, o‘zlarining boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va an’analarini namoyish etdilar. Tadbir davomida ijro etilgan milliy qo‘shiqlar, jozibador raqslar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring