Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Mehnat faxriysi – 2026”

By Muxtasar_Qodirova - 2-Iyul, 2026-yil 14:03 1,227 Koʻrishlar 0 Izoh



Poytaxtimizdagi Kasaba uyushmalari saroyida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi – 2026” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.





Marosim davomida mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat ravnaqi va yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan, ko‘p yillik samarali mehnati hamda faol fuqarolik pozitsiyasi bilan ajralib turgan bir guruh fidoyi yurtdoshlar “Mehnat faxriysi – 2026” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
So‘zga chiqqanlar yurtimizda faxriylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotiy tajribasi va boy merosini yosh avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, mazkur e’tirof mehnat ahliga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tiborning amaliy ifodasi ekanini alohida ta’kidladilar.





Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, vazirlik hamda idoralar rahbarlari, mehnat faxriylari, milliy madaniy markazlar faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.




Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring