Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

BIRODAR SHAHARLAR TARIXI: SAMARQAND VA BOBRUYSK

By Muxtasar_Qodirova - 9-Iyul, 2026-yil 21:02 1,075 Koʻrishlar 0 Izoh




O‘zbekistonning qadimiy va dunyoga mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqand Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, boy tarixiy-madaniy merosi, ilm-fan va turizm salohiyati bilan ajralib turadi. Shahar bugungi kunda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy almashinuv va turli sohalardagi sheriklik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.






Belarus Respublikasining Bobruysk shahri esa mamlakatning yirik sanoat va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Shahar o‘zining tarixiy obidalari, rivojlangan ishlab chiqarish salohiyati hamda ta’lim va madaniyat sohalaridagi an’analari bilan mashhur. Samarqand va Bobruysk shaharlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalari 2018-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, mazkur hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Hamkorlik doirasida madaniyat, ta’lim, turizm, sport, yoshlar siyosati hamda iqtisodiy yo‘nalishlarda tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va turli tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.






Ikki shahar vakillari o‘rtasidagi uchrashuvlar, madaniy tadbirlar va hamkorlik tashabbuslari xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring