Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

"Millatlar do'stligi" musiqiy tadbir o'tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 16-Iyul, 2026-yil 10:57 1,157 Koʻrishlar 0 Izoh



Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bо‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2026-yil 19-maydagi 39-son bayoni bilan tasdiqlangan Yangi О‘zbekiston oromgohlarida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bо‘yicha 12 kunlik namunaviy dasturning 10-kunini “Millatlar dо‘stligi” kuni sifatida о‘tkazish belgilangan.






Navoiy viloyatidagi "Ishonch" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolajonlar ishtirokida "Millatlar do'stligi" musiqiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida bolajonlar turli millatlarning milliy liboslari, kuy-qoʻshiqlari, raqslari hamda urf-odatlarini mahorat bilan namoyish etib, yurtimizdagi tinchlik, totuvlik va oʻzaro hurmat muhitini tarannum etdilar.
Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring