Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

BIRODAR SHAHARLAR TARIXI: BUXORO VA RUEY-MALMEZON

By Muxtasar_Qodirova - 7-Avgust, 2026-yil 16:24 1,149 Koʻrishlar 0 Izoh



Buxoro va Fransiyaning Ruey-Malmezon shaharlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalari 1999 yilda o‘rnatilgan. Shu vaqtdan buyon madaniyat, turizm, ta’lim va sport sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanib, 30 ga yaqin madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar hamda o‘nlab delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirildi. 2014–2015 yillarda birodarlikning 15 yilligi munosabati bilan Ruey-Malmezonda “Buyuk Ipak yo‘li” ko‘rgazmasi tashkil etildi. 2019 yilda esa hamkorlikning 20 yilligi doirasida “O‘zbek bog‘i” ochilib, Abu Ali ibn Sino haykali o‘rnatildi. Bugungi kunda ham mazkur hamkorlik xalq diplomatiyasi, madaniy meros va o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.






Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring