Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 13-Avgust, 2026-yil 12:30 1,186 Koʻrishlar 0 Izoh



“Yoshlar kuni” doirasida “Toshkent metropoliteni” DUK ishchi-xodimlari ishtirokida “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.





Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bosh mutaxassisi B. Baltayev tomonidan “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat” mavzusida ma’ruza qilindi.





Ma’ruzada mamlakatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





Shuningdek, turli madaniyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, millatlararo totuvlikni asrash, yoshlarni Vatanga sadoqat, bag‘rikenglik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.




Tadbir davomida ishtirokchilar bilan mavzu yuzasidan interaktiv savol-javob va fikr almashish jarayonlari tashkil etilib, madaniyatlararo muloqot va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Madaniyatlararo muloqot — o‘zaro hurmat, hamjihatlik va tinchlikning muhim asosi!

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring