Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

By Muxtasar_Qodirova - 28-Avgust, 2026-yil 11:33 1,155 Koʻrishlar 0 Izoh




O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Yakkasaroy tuman hokimligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir o‘tkazildi.





➡️Tadbir mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik, do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini keng targ‘ib etish, turli millat va elat vakillarini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yagona maqsad atrofida yanada jipslashtirishga xizmat qildi.




Tadbirning tantanali ochilish qismida O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, o‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda jamiyatimizdagi tinchlik va hamjihatlikning bebaho ahamiyati alohida ta’kidlandi.







Tadbirning badiiy qismi rang-barang konsert dasturi bilan davom etdi. Unda O‘zbekiston madaniyat va san’at namoyondalari, estrada xonandalari hamda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlarning badiiy jamoalari o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring