Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xalqaro forum boʻlib oʻtdi

By Muxtasar_Qodirova - 18-Sentabr, 2026-yil 21:43 1,254 Koʻrishlar 0 Izoh



Joriy yilning 17-sentabrida Samarqand shahrida "Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi" mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtdi


Xalqaro demokratiya kuni munosabati bilan Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbir davlat va jamiyat oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish jarayonlarida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish masalalariga bagʻishlandi.

Forum doirasida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi, inson manfaatlarini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va konstruktiv muloqotni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.




Mazkur forumda Qoʻmita rahbariyati ham ishtirok etib, millatlararo munosabatlar, doʻstlik jamiyatlari va xorijdagi vatandoshlar masalalariga oid muhim tashabbuslarni ilgari surishdi.






Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring