Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Sud-Psixologik ekspertizasi bo`yicha Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

By Muxtasar_Qodirova - 25-Sentabr, 2026-yil 13:03 1,210 Koʻrishlar 0 Izoh



A.I. Gerson nomidagi Rossiya davlat pedogogika universitetining Toshkent filialida Oʻzbekiston Psixologlar Assosiasiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida sud-psixologik ekspertiza, kriminalistika va zamonaviy psixologik tadqiqotlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda Rossiya, Shvetsariya, Armaniston va Kanada davlatlaridan mutaxassislar online va oflayn shaklda ishtirok etdilar. Plenar majlis davomida sud-psixologik ekspertizaning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Shvetsariyalik mutaxassis qo‘l yozuvini psixologik tahlil qilishning sud ekspertizadagi imkoniyatlari haqida ma’ruza qildi. Unda yozuv xususiyatlarini tahlil qilish orqali ekspertiza jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan ilmiy yondashuvlar muhokama qilindi.







Rossiyalik olimlar ishtirokidagi ma’ruzalarda esa insonning yuz ifodasi va ovozini avtomatik tahlil qilish, tergov harakatlarida shaxsning psixologik holatini aniqlash kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu kabi yondashuvlar sud-tergov jarayonlarida inson omilini chuqurroq o‘rganish va ekspert xulosalarining ilmiy asoslanganligini ta’minlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.







Konferensiyada kriminalistik profilaktika masalalari ham muhokamaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Xususan, Tomsk davlat universiteti vakili tomonidan sintetik kriminalistik maktabning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, psixologik holat bilan bog‘liq xavflarni aniqlash, jabrlanuvchining xatti-harakatlarini o‘rganish va sud majlislarida yolg‘on axborot berish holatlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar taqdim etildi. 







Tadbirning yana bir muhim yo‘nalishi — insonning psixologik portretini shakllantirish masalasi bo‘ldi. Sudlanuvchi shaxsining psixologik xususiyatlarini o‘rganish, uning xatti-harakatlarini tahlil qilish va sud jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari haqida atroflicha fikr almashildi.


 

 


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring