Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

She‘r ayting va qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling!

By Muxtasar_Qodirova - 7-Oktabr, 2026-yil 20:45 1,116 Koʻrishlar 0 Izoh

📣 Diqqat e'lon!

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida “O‘zbek tiliga bag‘ishlangan eng yaxshi she’r ijrochisi” tanlovini e’lon qiladi.

🔽Tanlovni o‘tkazish tartibi:

✅turli millatga mansub ishtirokchilarning o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’r ijrosi namunalari (video, audio shaklda) tanlov tashkilotchisiga (Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga) yuboriladi;

✅yuborilgan namunalar dastlabki tarzda saralanib, Qo‘mitaning telegramdagi rasmiy sahifasida onlayn ovozga qo‘yiladi va eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar ovozlar soniga qarab 1-o‘rin, 2-o‘rin, 3-o‘rinni egallaydi.


🎄 G‘oliblar “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tadbirida noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadi!

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun namunalarni 15-oktabrga qadar +998 97 777 28 23, +998 97 722 76 77 telegram raqamlari orqali taqdim etishingiz mumkin.

📝 Eslatma: Tanlovga yuborilayotgan ijodiy ish bilan birga ishtirokchi haqida to‘liq ma’lumot — F.I.Sh., telefon raqami hamda qaysi millat vakili ekanligi ko‘rsatilishi shart.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring