Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Markaziy Osiyoda diasporalar tarixi va hozirgi zamon

By Muxtasar_Qodirova - 15-Oktabr, 2026-yil 20:40 1,123 Koʻrishlar 0 Izoh


O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida “Markaziy Osiyoda diasporalar tarixi va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Mazkur anjuman Markaziy Osiyo mintaqasida istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning shakllanish tarixi, ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotdagi o‘rni, millatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda madaniy merosni asrab-avaylash masalalariga bag‘ishlandi. Shuningdek, globallashuv sharoitida turli millat vakillarining jamiyat hayotidagi ishtiroki, ularning mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, xalq diplomatiyasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.




Ta’kidlanganidek, Markaziy Osiyo qadimdan turli millat, madaniyat va sivilizatsiyalar tutashgan, o‘zaro hamjihatlik va bag‘rikenglik an’analari shakllangan tarixiy makon hisoblanadi. Ushbu boy merosni ilmiy jihatdan o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish mintaqada tinchlik, barqarorlik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring