Ruminiya elchisi Daniyel Kristan Chobanu “Dunyo” AAga bergan intervyusida O‘zbekiston xalqini-21-oktyabr kuni nishonlanadigan O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi:
– Barcha o‘zbekistonliklarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklayman. Ushbu tadbirda ishtirok etish men uchun katta sharaf.
Milliy tilni rivojlantirish O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosini asrab-avaylashda ulkan ahamiyatga ega, deb hisoblayman. O‘zbekiston – buyuk o‘tmishga ega mamlakat va uning bugungi kuni ham hayratlanarli. Bunday ajoyib mamlakatda ishlash men uchun katta sharaf va uning kelajagi yanada porloq bo‘lishiga ishonchim komil.
Til nihoyatda muhim, chunki u xalqlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar yashab, boy o‘zbek tilida ijod qilgan diyorda bo‘lishning o‘zi bir baxt. Yuqorida aytganimdek, til hamkorligimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
0 Izoh