Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Pekinda O‘zbekiston san’at ustalari ishtirokida gala-konsert o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 3-Noyabr, 2026-yil 12:38 1,251 Koʻrishlar 0 Izoh

Xitoydagi O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Pekin shahridagi Milliy ijrochilik san’ati markazida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.




Tadbir O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. Unda Xitoy davlat idoralari, diplomatik korpus, ommaviy axborot vositalari va o‘zbek diasporasi vakillari hamda madaniyat va san’at namoyandalari mehmon sifatida qatnashdi.

Konsert dasturida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri orkestri, xalq artisti Ilyos Arabov, xizmat ko‘rsatgan artist Ma’suma Boltaboyeva hamda “Munojot” raqs ansambli badiiy rahbari, xoreograf Feruza Azatova o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.



Tomoshabinlar e’tiboriga o‘zbek mumtoz musiqa asarlari, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar havola etildi. Namoyish etilgan dasturlarda O‘zbekistonning boy madaniy merosi, milliy san’atining o‘ziga xosligi va mamlakatning ijodiy salohiyati o‘z ifodasini topdi.

Tadbir doirasida “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Ekspozitsiyadan yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy merosi, milliy qadriyatlari va zamonaviy taraqqiyotini aks ettiruvchi suratlar joy oldi.

Mazkur gala-konsert va ko‘rgazma o‘zbek madaniyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qilib, O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni, do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratildi.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring