Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari” doʻstlik jamiyatining birinchi ta’sis majlisi

By Muxtasar_Qodirova - 19-Noyabr, 2026-yil 19:27 1,233 Koʻrishlar 0 Izoh



Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmoni 1-ilovasi 436-bandida joriy yilda do‘stlik jamiyatlari sonini 50 taga yetkazish vazifasi belgilangan.




Bugun “Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari” doʻstlik jamiyatining birinchi ta’sis majlisi bo‘lib oʻtdi.

⏺“Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari” do‘stlik jamiyati raisi etib Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov saylandi.




Yangi tashkil etilgan “Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari” doʻstlik jamiyati xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik, tinchlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring