#Hududlarda_bayram_şukuhi
Namangan viloyatining Çortoq tumanida “Özbekiston — bağrikeng diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Mazkur tadbir mamlakatimizda millatlararo totuvlik, döstlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaş, turli millat va elat vakillari örtasida özaro hurmat va hamkorlik rishtalarini rivojlantiriş, şuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng tarğib etişga qaratildi.

Tadbir davomida turli millat va elatlarning boy madaniy merosi, milliy an’analari hamda san’atini özida mujassam etgan rang-barang kuy-qöşiqlar namoyiş etildi. Milliy ohanglar va badiiy çiqişlar tadbirga öziga xos bayramona ruh bağişlab, xalqlar örtasidagi döstlik va madaniy yaqinlikning yorqin ifodasi böldi.

Bu kabi tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, özaro hurmat va hamjihatlik tuyğularini yuksaltiriş, yoş avlodni Vatanga sadoqat va bağrikenglik ruhida tarbiyalaşga xizmat qiladi.
0 Izoh