Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Toshkentda 2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yilining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

By Muxtasar_Qodirova - 27-Noyabr, 2026-yil 12:34 1,241 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun poytaxtimizda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu marosimning O‘zbekistonda o‘tkazilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 1-aprel kuni “BMT Turizm” tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuvda ilgari surgan tashabbusi natijasidir.

Xalqaro yil barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy imkoniyatlarni kengaytirish, madaniy merosni asrab-avaylash va atrof-muhitni muhofaza qilishda turizmning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.




Shuningdek, turizm sohasining global tahdidlarga bardoshliligini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish hamda ekologik jihatdan mas’uliyatli turizm modellarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ochilish marosimining Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonning turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etilganidan dalolat beradi hamda mamlakatimizning boy sayyohlik salohiyatini jahon miqyosida keng targ‘ib qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring